O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI

                 JAHON IQTISODI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI

                        “SIYOSATSHUNOSLIK” KAFEDRASI



                                    [pic]



          Mavzu:Birinchi jahon urushi davrida xalqaro munosabatlar



                                          Tayyorladi:Sultonov B.N.3-1a-00,XM
                                       Tekshirdi:T.f.d.,prof., Farmonov R.F.



                                TOSHKENT-2003
                                  Mundarija



 1. Kirish 3
 2. Urushning sabablari     4
 3. Antanta davlatlarining bosqinchilik rejalari  5
 4. Germaniyaning bosqinchilik rejalari      7
 5. 1914-1917 yillardagi jangovor harakatlar 8
 6. Bolgariyaning urushga qo’shilishi  12
 7. Birinchi jahon urushi davrida Yaponiya   14
 8. Birinchi jahon urushining yakunlanishi   17
 9. Xulosa 18
10. Foydalanilgan adabiyotlar     19



                                   Kirish
    XIX asr oxiri – XX asr boshlarida keskinlashgan dunyoni  qaytadan
bo’lib olish uchun bo’lgan kurash Evropa davlatlarining ikki guruhi
shakllanishiga olib keldi.Birinchi guruhda Germaniya boshchiligidagi Avstro-
Vengriya, Turkiya va Bolgariya bor edi. Ikkinchi  guruhga esa Angliya,
Franciya, chor Rossiyasi kirgan edi. Keyinroq unga Italiya, Amerika Qo’shma
Shtatlari  va boshqa davlatlar  qo’shildilar.
    Davlatlarning mazkur ikki guruhi o’rtasida  mustamlakalarni bo’lib
olish, ta’sir doiralarini qaytadan taqsimlash va XX asr boshlarida  vujudga
kelgan kuchlarning yangicha o’zaro nisbatiga mos ravishda yangi jaxon
tartiblarini qaror toptirish uchun kurash borar edi. Bu shiddatli  va
ayovsiz  kurashning o’ziga xos xususiyati shunda ediki, u milliy manfaatlar
uchun emas, balki hali bo’lib  olinmagan yerlarni qo’lga kiritish uchun
intilayotgan yirik sarmoya egalarining manfaati uchun olib borilmoqda edi.
Bu – dunyoni qaytadan bo’lib olish, ulkan daromad va jahon bozorida alohida
imtiyozlarga ega bo’lish uchun kurash edi.
    1914 yil yozida Germaniya qayta qurollanish bo’yicha Antanta
mamlakatlarini, harbiy tayyorgarlik bo’yicha Rossiya va Franciyani ortda
qoldirdi. Mamlakat armiyasini jangovor holatga keltirish rejasi 1914 yil 31
martdayoq tayyorlab qo’yilgan edi. Bu narsa Germaniyaga  juda qo’l kelar
edi. Chunki u o’z raqiblaridan ustunlikka erishgan va  urushni boshlash
uchun eng qulay vaziyat edi. Ushbu  ustunlik ham birinchi jahon urushining
tezlashishiga sabab bo’ldi.
    Avstriya imperatori Franc-Iosif(1830-1916) ancha keksaygan va
hayotining so’nggi kunlarini o’kazmoqda edi. U mamlakatning so’nggi
podshoxi bo’lib, deyarli 60 yil hukmronlik qilgan va avtoritar, yakka
hukmronlik davlati tarafdori edi. Avstro-Vengriya  siyosiy hayotida  uning
jiyani, taxt vorisi – ercgercog Franc-Ferdinandning ahamiyati katta edi. U
Serbiyani tor-mor  qilish va bosib olish rejalarini tuzayotgan harbiy
partiyaning rahbari edi. 1914 yil iyun oyi so’ngida Franc-Ferdinand
Serbiyaga bostirib kirishga hozirlik ko’rayotgan Avstriya qo’shinlarini
ko’rikdan o’tkazish uchun Bosniyaga borishga qaror qiladi.
    Sarayevo shaxri bo’ylab sayohati chog’ida  Franc-Ferdinand va uning
xotini serb armiyasi oficerlaridan tuzilgan  “Qora qo’l” tashkiloti
a’zolari tomonidan o’ldiriladi.
Berlin va Vena uchun xuddi shunday bahona kerak edi. Boshqa vaziyatda
nizoni balki diplomatik yo’l bilan hal qilsa bo’lar edi, ammo sodir bo’lgan
bu voqea Germaniya va Avstro-Vengriya  uchun qulay paytda urushni boshlash
imkoniyatini tug’dirdi. Berlinda Rossiya hali urushga tayyor  emasligini
bilsalar-da, Rossiya o’zining imkoniyatlarini safarbar qila olishini  va
ittifoqchilar topa olishini ham yaxshi anglar edilar.
    Avstro-Vengriya hukumati Germaniya hukumati bilan maslahatlashib, 1914
til 23 iyulda   Serbiyaga ultimatum berdi. U o’zini hurmat qiladigan hech
bir davlat qabul qila olmaydigan qo’pol va keskin uslub bilan bitilgan edi.
Berlin va Venadagilar xuddi shunday bo’lishiga umid bog’lagan edilar.
Rossiyaning Avstro-Vengriya va germaniyani tinchlantirishga urinishlari
behuda ketdi. Jang shiddat bilan yaqinlashib kelar edi. Urush bombasi
Yevropada, uning portlovchi o’zagi esa Sarayevoda  edi. Bu bomba malgam
portladi. 1914 yil 29 iyulda   Rossiya imperatori Nikolay II harbiy
safarbarlik haqidagi buyruqni imzoladi. 1 avgust  kuni ham Germaniya
safarbarlik e’lon qildi va shu kiniyoq Rossiyaga  urush ochdi. Rus-german
urushi boshlandi. 1914 yil 3 avgustda Germaniya Franciyaga urush e’lon
qildi. 4 avgustda esa Angliya Germaniyaga urush e’lon qildi. Urush
g’ildiragi shiddat bilan aylanib ketdi. 1914 yil 23  avgustda Yaponiya
Germaniyaga urush elon qildi va uning Xitoydagi   bir qator yerlarini,
shuningdek, Tinch okeanidagi Germaniyaga qarashli bo’lgan bir qancha
orollarini bosib oldi. Turkiya kutilganidek Germaniyani qo’llab-
quvvatladi.1914 yil 22 iyulda Turkiya harbiy vaziri  shu haqda malgam
berdi. 1914 yil 2 noyabrda Rossiya, 5 va 6 noyabrda esa Angliya va Franciya
Turkiyaga urush e’lon qildi. Nihoyat uzoq kelishuvlardan so’ng   1915 yil
23 mayda Italiya Avstro-Vengriyaga urush e’lon qildi. Shu  tariqa birinchi
jahon urushi boshlanadi.
                             Urushning sabablari
Urushning eng asosiy sabablari bu – Yevropa davlatlarining  ikki harbiy-
siyosiy guruhi – Antanta va Uchlar ittifoqi o’rtasida dunyoni qaytadan
bo’lib olish uchun kurash va jahon bozorida ta’sir doiralarini qaytadan
bo’lib olish , yangi yerlar zabt etish uchun kurash edi.
Har bir urushayotgan davlatning ma’lum bir  maqsadi bor edi. Germaniyaning
asosiy maqsadi Angliya va Franciyaning mustamlakalarini bosib olish,
Franciya va Rossiyani kuchsizlantirish, Yevropa va Osiyoda( Sharqiy O’rta
Yer dengizi mamlakatlari, Turkiya) o’z hukmronligini o’rnatish edi.
    Avstro-Vengriya  -  Bolqonda ta’sir doirasini kengaytirish, zulm
ostidagi slavyan xalqlarining  milliy-ozodlik  harakatini bostirish;
    Angliyaning asosiy maqsadi Germaniyani  kuchsizlantirish, uning
mustamlakalarini bir qismini bosib olish, Usmoniylar imperiyasini bo’lish
edi.
    Franciyaning asosiy maqsadi Germaniyani kuchsizlantirish Germaniyaning
Elzas va Lotaringiya, Saar viloyatlarini, Reyn viloyatining bir qismini
qaytarib olish;
    Rossiyaning asosiy  maqsadi Bolqonda va Bosfor hamda Dardanel
bo’g’ozlarida o’z hukmronligini o’rnatish, Germaniyani kuchsizlantirish,
Avstro-Vengriyaning Bolqondagi hukmronlik havfini bartaraf etish;
    Italiyaning asosiy maqsadi Afrika va Bolqonda yangi hududlar egallash
edi.
                Antanta davlatlarining bosqinchilik rejalari
    Hali urush boshlanishidan ko’p vaqt o’tmay, Antanta davlatlari
o’rtasida kelajak o’ljani qay tarzda bo’lib olish haqida muzokaralar
boshlanib ketdi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov ittifoqchi
davlatlarlar elchilari Paleolog va Byukenenga dunyoni urushdan keyen
bo’lish rejalarini topshirdi. Bu dastur Germaniya va uning ittifoqchilarini
to’la mag’lubiyatga uchratishni ko’zda tutar edi. Uning mazmuni quyidagicha
edi:
    1)Ittifoqchilarning eng asosiy maqsadi Germaniyaning harbiy qudratini
sindirishdan iborat; 2)hududiy o’zgarishlar faqat milliy asosda
o’tkazilishi lozim; 3)Rossiya ixtiyoriga Nemanning  quyi oqimi va  Sharqiy
Galiciya o’tishi kerak edi; Poznan, Sileziya va  G’arbiy Galiciya Polshaga
o’tishi kerak edi(uni Rossiyaga qaram davlat sifatida tiklash mo’ljallangan
edi); 4)Franciyaga Elzas-Lotaringiya  qaytarib berilar,Reyn viloyati va
Palatinatning bir qismi berilar edi; 5)Belgiyaning hududi Germaniya
hisobiga kengaytirilar edi; 6)Shlezvig va Goldshtein Daniyaga qaytarib
berilar edi; 7)Prussiya tomonidan 1866 yil  anneksiya qilingan  Gannover
qirolligi qayta tiklanishi kerak edi; 8)Avstro-Vengriya uch davlat –
Avstriya, Vengriya va Chexiyadan iborat   monarxiyaga aylantirilishi lozim
edi; 9)Serbiyaga Bosnia, Dalmaciya, Gercegovina va Shimoliy Albaniya
berilishi kerak edi;10) Serb makedoniyasi Bolgariga berilishi kerak edi;
11) Valona Italiyaga, Janubiy Albaniya Greciyaga  berilar edi;12) German
mustamlakalari Angliya, Franciya va Yaponiya o’rtasida bo’lib olinishi
kerak edi; 13)Germaniya va Avstriyadan kontributciya undirib olinishi kerak
edi.
    Bu dasturdan ko’rinib turibdiki Rossiya asosan  o’zining
manfaatlaridan kelib chiqqan holda bu masalaga yondoshgan. 26 sentyabrda
Rossiya qo’shimcha talab bilan chiqdi. U Rossiya kemalarining
bo’g’ozlardan erkin, hech qanday to’siqsiz  kechishini  ko’zda tutar edi.
Lekin  rus hukumati Turkiya hududini bosib olish  davo’larini hali qilmagan
edi.
    Turkiyani  bo’lib olish masalasini ilk bor ingliz diplomatiyasi ilgari
surdi. Sazonovning dasturiga o’z munosabatlarini bildira turib, Angliya
tashqi ishlar vaziri Grey:”Agar Turkiya Germaniyaga qo’shilsa,  bu davlat
barham topishi kerak”- dedi. U tinchlik dasturiga   german flotinig
topshirilishi, Kil  kanalining neytrallashtirish, Italiya va Ruminiyaning
manfaatlari hisobga olinish kabi qo’shimchalar qo’shilshi  kerakligini
ta’kidladi. Lekin Grey Franciyaga Reyn viloyati berilishiga qarshi chiqdi.
Shunday  qilib urushning dastlabki kunlaridan  ittifoqchilar o’rtasida
mustamlakalar borasida kelishmovchiliklar kelib chiqdi.
    Turk merosini bo’lib olish borasida 1914 yilning o’zidayoq diplomatik
kurash avj   oldi. Ruslar uchun Turkiyaga zarba berishning eng qulay yo’li
Erondan, turklarning o’ng qanotini aylanib o’tib zarba berish edi. Ingliz
hukumati bunga yo’l  qo’yishni istamas edi. Grey rus elchisi Bekkendorf
bilan suhbatida uni shu narsaga ishontirishga harakat qilar ediki, rus
hukumati  Eron hududidan Turkiyaga qarshi urushda foydalanmasligi kerak
edi. Uning fikricha Rossiya o’z kuchlarini german frontidan chalg’itmasligi
kerak edi. Germaniya bilan kurash  Turkiya bilan urushning natijasini hal
qilar edi. U agar Germaniya mag’lubiyatga uchratilsa,
Konstantinopol(Istanbul) va bo’g’ozlar masalasi Rossiya foydasiga  hal
qilinishini  takidlaydi.
    Oradan ko’p o’tmay  Greyning fikrini Angliya qiroli Georg V ta’kidladi.
Lekin 1914 yil 14 noyabrda rus hukumatiga  yuborilgan  rasmiy  notada
birinchi o’rinda Rossiya bor kuchini german frontiga yuborishi, turk
frontida esa faqat mudofaa bilan cheklanish kerakligi  haqida gapirilar
edi. Bo’g’ozlar va Stambul masalasi esa Rossiya roziligi bilan yechilishi
kerakligi ta’kidlanar edi. Bu nota uncha ham ishonchli emas edi.
    G’arbiy frontda qiyin vaziyat yuzaga kelgani sababli ittifoqchilar
qo’mondonligi dushmanni yengish uchun boshqa malgamc  yo’l izlay
boshladilar. 1915 yil 25 fevralda  ingliz va francuz kemalari Dardanel
bo’g’ozi kiraverishida joylashgan fortlarni o’qqa tuta boshladilar.Dardanel
operaciyasi muvaffaqiyat qozonishiga ishonib, Greciya bosh vaziri Venizelos
Greciya Antanta tarafida urushga kirishi va Dardanel bo’g’oziga desant va
flot yuborishga tayyor ekanligini aytdi. Chor hukumati bundan juda
hadiksiradi va Konstantinopol greklar qo’liga o’tib ketishidan  qo’rqib
Greciyaning urushda qatnashishiga keskin norozi bo’ldi.
    Lekin Greciya qiroli  Konstantin Germaniyani qo’llab-quvvatlar va
neytralitet tarafdori edi. U 1915 yil 6 martda Venizelosni iste’fo berishga
majbur qildi. Greciya neytral bo’lib qoldi.
    Agar Dardanel  operaciyasi muvaffaqqiyat qozonadigan bo’lsa,
bo’g’ozlar ustidan nazorat Angliya va Franciya qo’liga o’tar edi. Angliya
va Franciya  Rossiyaga berilgan va’da, yani Dardanel va  Bosfor bo’g’ozlari
hamda Konstantinopolni berishni biror bir rasmiy hujjat bilan
mustahkamlashga shoshilmas edilar.
                     Germaniyaning bosqinchilik rejalari
    Germaniyaning bosqinchilik rejalari o’z darajasiga ko’ra Antanta
davlatlarining rejalaridan ham kengroq edi.German hukmron doiralari dunyoni
tubdan o’zgartirishni talab qilar edilar. German hukmron doiralari  orasida
paydo bo’lgan ikki hujjat diqqatga sazovor:oltita eng yirik Germaniya
iqtisodiy tashkilotlari chiqargan memorandum va  olimlar memorandumi. Olti
eng yirik iqtisodiy tuzilmalar memorandumi quyidagilarni nazarda tutar edi:
ingliz, francuz, belgiyaliklar va boshqa davlatlarning mustamlakalarini
bosib olish; Antanta davlatlari bo’yniga reparaciyalar yuklash; Belgiya
ustidan protektorat o’rnatish; Franciyaning La-Manshdan Somma daryosigacha
bo’lgan  hududlarini qo’shib olish; temirga boy Brieyni, Verden, Vogez va
Belfor qasrlarini bosib olish. Shu bilan birga ushbu hududlarda bosib
olingan yirik va o’rta  yer mulklarni musodara qilish va ularni nemis
oficerlari qo’liga berish ko’zda tutilgan edi. Haqiqiy yer egalarining
zararlari esa Franciya hisobiga qoplanar edi.
    Yevropaning sharqida ham yirik hududlarni Rossiya hisobiga qo’lga
kiritish ko’zda tutilgan edi. Hujjat tuzivchilarning fikricha urushdan
so’ng sanoatning rivojlanishi uchun yirik agrar  baza kerak bo’lar
edi.Shuning uchun ulkan yer resurslari talab qilinar edi. Yuqorida
keltirilgan hujjat o’sha paytda paydo bo’lgan minglab shu kabi hujjatlardan
biri bo’lib, ularning ba’zilari matbuotda e’lon qilinar, ba’zilari faqat
hukmron doiralar uchun mo’ljallangan edi.
    Germaniyaning hukmron doiralari buyuk davlatchilik shovinizmi bilan
mast edilar va butun dunyoda Germaniya hukmronligini o’rnamoqchi edilar.
Ammo o’zlarini ko’klarga ko’tarib maqtaydigan ba’zi kishilardan farqli
o’larog Germaniyaning o’sha paydagi kancleri  Betman-Goltbeg  ehtiyotkor
siyosat tutdi va o’z chiqishlarida Germaniya bosqinchilik urushi  olib
bormasligini ta’kidlar edi.Ammo  haqiqatda esa u juda katta hududlarni
Germaniya qo’l ostida birlashtirishga qaror qilgan edi.

                 1914-1917 yillardagi  jangovor  harakatlar
    Germaniya qo’mondonligi harbiy harakatlar rejasiga muvofiq 4 avgust
kuniyoq Belgiyaga asosiy hujumni boshladi.Bu yerda mudofaani yorib o’tish
va Yevropaning hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan sanoat rayonlarini egallab,
bir hamla bilan urushni yakunlash nazarda tutilgan edi. Germaniya qurolli
kuchlari shiddatli hujum natijasida bir necha hafta mobaynida deyarli
jangsiz Belgiyani bosib o’tdilar va Franciya hududiga kirib, Sena daryosi
irmog’i bo’lgan  Marna sohillariga  chiqdilar.1914 yilning 5-12 sentyabr
kunlari Marna bo’yida francuz va nemis qo’shinlari  o’rtasida og’ir jangler
bo’lib o’tdi. Unda nemis  qo’shinlari mag’lubiyatga uchradilar.
    Sharqiy Prussiyada rus askarlarining hujumga o’tganligi nemis
qo’shinlarining mag’lubiyatida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. Rus
armiyasining hujumi dastlab muvaffaqiyatli boshlandi. U Galiciyani egallab,
Sharqiy Prussiya hududiga yorib kirdi.Germaniya qo’mondonligi rus
qo’shinlarining hujumini qaytarish uchun askarlarining bir qismini Marna
bo’yidan Prussiyaga tashlashga majbur bo’ldi.
    1914 yil oktyabr  oyida turkiyaning urushga kirishi munosabati bilan
Kavkazorti, Mesopatamiya, Suriya va  Falastinning   sharqiy chegarasida
yangi frontlar vujudga keldi. Ammo turk armiyasi urushga tayyor
bo’lmaganligi sababli Kavkazortida rus qo’shinlaridan bir qator og’ir
mag’lubiyatlarga uchradilar.
    1915 yil 23 mayda  Italiya Antantaga qo’shildi, o’sha yil oktyabr oyida
esa Bolgariya Germaniya-Avstriya ittifoqiga qo’shildi.
    Marna bo’yidagi janglarda mag’lubiyat alamini tortgan ittifoqchi
qo’shinlar Germaniyaning sherigi Turkiyani urushdan chiqarish uchun
dengizda bir qator operaciyalarni malgam oshirdilar. 1915 yil fevral oyida
ingliz – francuz floti Turkiyaning Dardanel  bo’g’ozidagi istehkomlarni
bombalashga kirishdi. Ammo bu hujumlar ko’zlangan natijani bermadi. Bu
operaciya davomida 200 mingdan ortiq kishi halok bo’ldi va yaralandi.
Natijada ana shu hamla tashabbuskori, Angliya harbiy flotining birinchi
lordi Uinston Cherchill vazifasidan chetlashtirildi.Shundan keyen  uning
siyosiy faoliyatida 25 yil tanaffus bo’ldi.
    Shu bilan faol jangovor harakatlar to’htab  qoldi. Butun yil davomida
mantiqsiz turg’un urush davom etdi. Tomonlardan hech biri vujudga kelgan
vaziyatni buzishni istamas edi. Lekin, diplomatlar faol ish olib bordilar.
    Dardanell operaciyasining boshlanishi munosabati bilan Rossiya tashqi
ishlar vaziri Sazonov ittifoqchilardan rasmiy majburiyat, yani Turkiya
atrofidagi bo’g’ozlarni berishni talab qildi. U agar Rossiyaning
ittifoqchilari o’z majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsalar u istefo
berishga majbur bo’lishini aytdi. Bu shuni anglatar ediki uni Germaniya
bilan ittifoqchi bo’lish tarafdori bo’lgan kishi bilan almashtirishlari
mumkin edi.Ba’zi bir ma’lumotlarga ko’ra o’sha paytda rus podshosi saroyida
qirolicha boshchiligida nemis saroyini qo’llab quvatlovchi katta firqa
mavjud bo’lgan.
    1915 yil 12 martda Angliya rasmiy nota orqali Konstantinopol  va  unga
tutashgan hududni,Bosfor va Marmar dengizining g’arbiy qismini, Gallipol
yarim orolini, Janibiy Frakiyani Rossiyaga berishini tasdiqladi. Lekin
Rossiya bu hududlarni faqatgina Angliya va Franciya Turkiyaning Osiyodagi
mustamlakalarni bosib olsalargina, egalik huquqini olar edi. Rossiyaning
qo’liga  bo’g’ozlar  o’tishi evaziga Angliya Eronning neytral deb e’lon
qilingan hudidini olishi kerak edi.Bu esa Angliya qo’liga cheksiz neft
zaxiralarining o’tishiga olib kelar edi.
    Franciya esa Turkiyaga juda katta investiciyalar kiritgan edi. Shuning
uchun Turkiyani bo’lib tashlash rejasiga Franciya salbiy munosabat
bildirgan edi.Ammo Turkiyaning Osiyodagi  yerlaridan katta ulush olishini
mo’ljallagan Franciya hukumati 10 aprel kuni ingliz-rus shartnomasi
shartlariga rozi bo’ldi.
    Dardanel bo’yidagi operaciyaning barbod bo’lishi Antanta
ittifoqchilarini  G’rbiy frontdagi jangovor harakatlarga qaytishga majbur
qildi. Germaniya ham Franciya hududida hal qiluvchi jangga kirishishni va
uning qarshiligini sindirishni rejalashtirdi. Germaniya bosh shtabi
Franciyaga uning eng mustahkam mavqei – Verden qal’asi orqali hujum
uyushtirishga ahd qildi. 1916 yil  21 fevralda germaniyaning 5-armiyasi
ulkan harbiy operaciyani boshladi. Hujumdan oldin francuz istehkomlari
to’plardan shiddatli o’qqa tutildi. Krupp zavodlarida tayyorlangan va uning
qizi Berta nomi bilan  “Katta Berta “deb atalgan o’ta kuchli to’plar bilan
jami 850 ta og’ir to’p ishga tishdi. Jangda Evropaning eng qudratli ikki
armiyasi yuzma-yuz keldi. Milliy g’urur tuyg’usi junbushga keldi.Franciya
qo’mondonligi bir qadam ham chekinmaslikka buyruq berdi, askarlar so’nggi
nafaslarigacha  jang qildilar.Verden Franciyaning va francuz armiyasining
ruxini ko’tardi. Verden ostonalaridagi jang 1916 yil 21 dekabrgacha davom
etdi va ikkala tomonga ham katta talafotlar keltirdi. Franciya va Germaniya
bu yerda 700 mingdan ortiq askar yo’qotdi.
    Verden jangining yakunida Rossiya armiyasi katta rol o’ynadi. Bu
yerdagi janglarning hal qiluvchi bosqichi general  Brusilov
qo’mondonligidagi rus armiyasining Janubiy-G’arbiy frontga hujum boshlashi
va Avstriyaning 1,5 millonga yaqin askar va zobitini yo’q qilishi bilan
yakunlandi.Shundan so’ng Avstro-Vengriya amalda jangovor harakatlar qilish
qobiliyatini yo’qotdi, Germaniya esa tezda bu frontga o’zining asosiy
zaxira kuchlarini tashlashga majbur bo’ldi.
    Verden ostonalarida jang davom etayotgan bir paytda  Antanta
ittifoqchilari Somma  daryosi bo’yida Verdendan 250 km va La-Manshdan 90 km
bo’lgan ingliz mudofaa sektorida hujum boshladilar. Britaniya to’plari
deyarli etti kun davomida  german qo’shinlarini o’qqa tutdi.1916 yil 1
iyulda  Britaniya ko’ngilli askarlari hujumga tashlandilar.Ularning soni
100 mingdan ortiq edi, ammo inglizlarning hujumi yerga chuqur ko’milgan
nemis pulemetlarining shiddatli o’tiga duch keldi. Nemislarning talafoti
ko’p edi, ammo inglizlar ham jami o’lganlar va yaralanganlar bilan  50
mingdan  ortiq kishini yo’qotdilar. Bu mantiqsiz qonli qirg’inda  hech
qaysi tomon muvaffaqiyatga erisha olmadi.
    1916 yili Yevropada hammasi bo’lib 2 milliondan ortiq kishi halok
bo’ldi, ammo urushda o’zgarish bo’lmadi.Germaniya va Avstro-vengriya moddiy
manbalari yugab borardi. Ingliz flotining ustunligi sababli dengiz
tomonidan qilingan qamal nihoyatda samarali bo’ldi. Qamal tufayli Germaniya
oziq-ovqat va malgamc xom-ashyolarning  o’zidagi zaxiralari bilan
kifoyalani9shga majbur bo’ldi. Bu esa surunkali urush olib borish uchun
yetarli emas edi. Antantaga esa AQSh yordam berar va u o’z  mustamlakalari
manbalaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega edi.
    Rossiyadagi ahvol juda og’ir edi. Uning hom – ashyosi va inson
manbalari yetarli bo’lsa-da, iqtisodiy qoloqlik ulardan samarali
foydalanish imkonini bermas edi. Transport tizimining tamomila  izdan
chiqqanligi, harbiy idoralardagi o’g’rilik, harbiy-siyosiy va iqtisodiy
tuzulmalarning eskirgan tizimi va tartibsizliklar Rossiyani iqtisodiy va
siyosiy inqiroz eshigiga olib keldi.
                      Bolgariyaning urushga qo’shilishi
    Italiyaning siyosiy orientaciyasi va Uzoq Sharqdagi  kurash bilan birga
Bolqon uchun kurash ham avj olib ketdi.Bu yerda Bolgariyaning  ahmayati
katta edi. Birinchidan Bolgariya  eng katta armiyaga ega edi. Ikkinchidan
o’zining qulay geografik yerda joylashganligi sababli u ham Serbiyaga , ham
Greciyaga va Ruminiyaga qulay hijum qilish uchun placdarm edi.Agar
Bolgariya Germaniya tarafida urushga kirsa, u holda Serbiya zarba ostida
qolar edi va Ruminayaning Antantaga  kirishinni qiyinlashtirar edi.Agar
Bolgariya Antantaga qo’shilsa, u holda serbiya uchun yordam taminlanar edi
va Greciya va Ruminiya Bolgariyadan namuna olar edilar.
    Shunday qilib 1914 yildagi urush holatida Bolgariya butun Bolqon yarim
orolining kalitiga aylandi.Shuning uchun urushayotgan davlatlar urushning
dastlabki kunlaridan bolgariyani o’ztaraflarida urushni boshlashga harakat
qildilar.Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov  shuning uchun ham
Bolgariyani Rossiya tarafiga og’dirish uchun  ko’p zo’r berdi. Antanta
Bolgariya bilan kelishuvga faqat bir holda erishishi mumkin edi.Bu ham
bo’lsa Serbiya va Greciyani 1913 yil Bolgariyadan tortib olgan hududlarni
qaytarib berishga ko’ndirish edi.Sazonov 1914 yil avgust oyidan boshlab
serb va grek hukumatlariga Bolgariyaga ba’zi bir yon berishlarga borishini
so’rab murojaat qilgan edi. Ammo Greciyadan buni so’rash mantiqqa to’g’ri
kelmas edi.Bu narsa faqat Greciya qiroli boshchiligidagi Germaniya
tarafdorlari poziciyalarini mustahkamlar edi.Qolaversa  Greciya Bosh vaziri
Venizelos  Antanta tarafdori bo’lsa-da, Greciya urushga o’zining ashaddiy
dushmani bo’lgan Bolgariga hududiy yon bosishlar evaziga   kirmasligi aniq
edi.
    Antantaning Serbiyadan umidi katta edi.serbiya urushga kirgan edi. Va
neytral Greciyaning axvoliga ko’ra uning axvoli qiyinroq edi.serbiya bosh
vaziri Pashich Bolgariyaga serb Makedoniyasini berishga qaror qildi, buning
evaziga agar Antanta g’alaba qozonadigan bo’lsa, Serbiya  Avstriyaga
tegishli bo’lgan bir qator janubiy slavyanlar yashaydigan hududlarni olishi
kerak edi.Ammo bunday noaniq vadalar bilan Bolgariyani ko’ndirish juda
qiyin edi.Bolgariya Antanta tarafida urushga kirishi uchun makedoniyani
talab qilayotgan edi.Bunga serblar “Makedoniyaning bir qismini bolgarlarga
berguncha, butun Serbiyani Avstriya  bergan maqul “ deb javob berdilar.
    Germaniyaning Bolgariyadagi ta’siri juda katta edi.qirol Ferdinand
ularning tatafida edi.Urushning birinchi kunlaridanoq Germaniya va Avstriya
Bolgariyani Serbiyaga hujum qilishga undab kelayotgan edi.Germaniya va
uning ittifoqchilari Bolgariyaga  butun Makedoniyani, eski Serbiyani va
agar Ruminiya Antantaga qo’shilsa, Janibiy va Shimoliy Dombrudjani berishga
vada berdilar.Ammo Bolgariya hali urushga tayyor emas edi. Bolgariya
neytral vaziyatda qolishni afzakl topdi.
    Bolgariya uchun bo’lgan kurashning natijasini harbiy vaziyatning
o’zgarishi hal qildi. Dardanel operaciyasining mag’lubiyatga uchrashi, rus
armiyasining sharqiy frontdagi og’ir mag’lubiyati va Avstriya va Germaniya
qo’shinlarining Serbiyaga qarshi katta qo’shin yuborishi ham bolgar hukmron
doiralarining qo’rquvini bosdi. Qirol Ferdinand  va uning tarafdorlari
katta o’ljalar vada berayotgan, ammo Bolgariya uchun havfli bo’lgan
Germaniya tarafida urushga kirishga qaroq qildilar.1915 yil 3 sentyabr kuni
Turkiya – Bolgariya, 6 sentyabr kuni esa Bolgariya, Germaniya va Avstro-
Vengriya o’rtasida  o’zaro ittifoqchilik to’g’risida shartnoma imzolandi.
Shunday qilib “To’rtlat ittifoqi” tuzildi.
    Greciya borasida ham qiyinmasala turar edi.U kim tarafida urushadi?
Germaniya tarafidami yoki Antanta? 1915 yil avgustda Greciya parlamentiga
saylovlar natijasida hukumat tepasiga yana  Venizelos keldi. O’sha yili
sentyabrda  Bolgariyaning Serbiyaga hujum qilish xavfi tug’ilganda grek
bosh vaziri Serbiyaga  yordam berishi haqida aytdi, lekin buning uchun
ittifoqchi davlatlar Salonikiga 150 ming kishilik armiyani jo’natishlari
kerak edi.
    Franciya va Angliya Venizelosning ushbu taklifini qabul qildilar. Ammo
francuz qo’mondoni  Joffer bunga qattiq qarshilik ko’rsatdi. Aytilgan
qo’shinga 22 ming kishi yetmas edi.Greciya bilan ittifoqchilar o’rtasida
muzokaralar olib borilayotgan vaqtda grek qiroli ikkinchi marta Venizelosni
 lavozimidan ozod etdi va Greciya yana o’z neytralitetini e’lon
qildi.Salonikiga hali bor yo’g’i  80 ming kishilik armiya tashlangan edi.
Bundan foydalangan Bolgariya qo’shinlari 14 oktyabr kuni Serbiyaga hujum
qildi. Bir paytning o’zida shimol tarafdan Avstro-Vengriya va Germaniya
qo’shinlari hujumga o’tdi. Ittifoqchilarning  Salonikidagi qo’shinlari
Serbiyani qutqarib qola olmadi.Serbiya armiyasi to’la mag’lubiyatga uchradi
va uning qolgan qutgan qismi Korfu oroliga evakuaciya qilindi.
                   Birinchi jahon urushi davrida Yaponiya
    Yevropadagi urush Yaponiya uchun qulay vaziyat tug;dirar edi. Buning
natijasida Yaponiya Germaniyaning  Xitoydagi va Tinch okeanidagi
mustamlakalarini bosib oldi.1914 yil Yaponiya Xitoyga qarshi hal qiluvchi
jangga tayyorlana boshladi.
    !914 yil dekabr oyida Yaponiya tashqi ishlar vaziri Kato yapon
siyosatining  mazmunini ommaga anglatish uchun nutq so’zladi. 1914 yil 15
avgust kuni Yaponiyaning  Germaniyaga qo’ygan  ultimatumiga  ko’ra Yaponiya
o’sha paytda Germaniyaga tegishli bo’lgan  Czanchjouni  Xitoyga qaytarib
berish maqsadida olayotganini malum qilgan edi. Endi esa Kato bu taklif
Germaniyaga  faqat  mojaroning tinch yo’l bilan hal  qilish umidida
qilinganligini takidlaydi. Nemislar bu taklifga ko’nmadilar va “endi
Czanchjou taqdiri urush tugagandan so’ng hal qilinadigan bo’ldi.Yaponiya
hech bir boshqa chet davlat oldida ushbu masala yuzasidan majburiyat olgani
yo’q.” [1]
    Umuman olganda Yaponiya  Uzoq Sharqda  faqat Germaniya yerlari bilan
cheklanib qolmas edi. Gap butun Xitoyning taqdiri haqida ketayotgan
edi.1915 yil 18 fevral kuni Xitoy hukumatiga yaponiyaning rasmiy notasi
jo’natiladi.Unda Yaponiyaning Xitoyga  5 qismdan iborat bo’lgan 21 moddali
talablari  joy olgan edi.
    Talablarning birinchi guruxi Shandunni Germaniya tasir doirasidan
Yaponiya tasir doirasiga aylantirishni ko’zda tutar edi. Bu gurux
talablarning eng muximida shunday  deyilardi:”Xitoy hukumati Shandun
provinciyasi borasida Yaponiya va Germaniya qandat qarorga kelishidan
qat’iy nazar ilgari Germaniya bilan tuzilgan kelishuvlar, shartnomalar
sababli hamma shartlarga to’la rozilik berish majburiyatini oladi.
    Talablarning ikkinchi guruxi esa Shandun provinciyasi boshiga tushgan
taqdirni sharqiy Mo’g’uliston, Janibiy Manjuriya  boshiga solishni nazarda
tutar edi. Port-Artur, Janibiy Manjuriya va Andun-Mukden temir yo’llarining
ijaraga olish muddati yana 99 yilga cho’zilishi ko’zda tutilgan edi. Undan
tashqari yapon fuqarolari  Janubiy Manjuriya va Sharqiy Mo’g’ulistonda
yangi yerlar sotib olish, ushbu hududlarga erkin ko’chib kelish va u
yerlarda sanoat, savdo-sotiq va boshqa sohalar bilan shug’ullanish huquqini
olar edilar. Xitoyga  tog’-kon sanoatida Yaponiyaga koncessiyalar berish
taklif qilingandi. Bundan tashqari Xitoy Yaponiyaning roziligisiz ushbu
hududlarda temir yo’llar qurilishi bo’yicha boshqa davlatlarga
koncessiyalar bermaslik  majburiyatini olishi kerak edi.va nixoyat Xitoy
Yaponiyaga Girin – Chanchun temir yo’lini nazorat qilish va boshqarishni
topshirishi kerak edi.
    Uchinchi gurux talablar esa asosan Xitoydagi yapon korxonalariga katta
imtiyozlar berilishiga qaratilgan edi. Unda asosan Xanyepin kompaniyasi,
ko’mir-metallurgiya kombinatini  aralash  xitoy-yapon jamiyatiga
aylantirish mo’ljallangan edi. Yaponiyaning roziligisiz Xitoy o’z
tashabbisi bilan bu kompaniyaga berilgan haq-huquqular va  mol-mulkdan
foydalanoshi taqiqlanadi va ushbu vakolat Yaponiya uchun 2007 yilgacha
berilishi kerak edi.Xanyonin kompaniyasiga  uning korxonalari atrofida
joylashgan tog’-kon resurslaridan foydalanishga monopol huquq berilgan edi.
    To’rtinchi gurux talablarda oldingi talablarning kafolati tarzida
Xitoyning hududiy yaxlitligini taminlash  haqida gap borar edi. Aslida esa
bu Yaponiyaning Xitoyda gegemonligini taminlashiga qaratilgan tadbir edi.
    Lekin eng qiyin talablar beshinchi gurux talablar edi.Ushbu
talablarning qabul qilinishi Xitoyning Yaponiya protektoratini qabul
qilishni anglatardi.ulkardan asosiylari quyidagilar:”1-modda. Xitoy
hukumati muhim iqtisodiy, siyosiy va harbiy ishlar bo’yicha yapon
mutaxasislarini maslahatchi tarzida taklif qiladilar.” 3-modda.”Xitoyning
markaziy joylarida policiya yaponlar va xitoylar tomonidan boshqarilishi
yoki  u yerda policiyachilar asosan yaponlardan iborat bo’lishi kerak .”  4-
modda.”Xitoy Yaponiyadan Xitoy hukumatiga kerak bo’lgan malum  miqdordagi
qurol-aslaha sotib oladi(umumiy talabning 50% miqdorida)yoki Xitoyning
o’zida yapon-xitoy arsenali yaratiladi.Bu maqsadda Yaponiyadan  texnik
ekspertlar taklif qilinishi va yapon  materiallari sotib olinishi mumkin.”
Huddi shu yerda Xitoyning  Fuczyan provinciyasini yapon tasir doirasiga
kiritishni nazarda tutgan modda bor edi.Ushbu provinciya juda qulay
geostrategik nuqtada joylashgan  bo’lib, Yaponiyaning Gonkong va Filippinni
susaytirish uchun yaxshi imkoniyat yaratar edi.Undan tashqari yapon
fuqarolari missionerlik  faoliyati bilan shug’ullanish erkinligini beruvchi
modda ham bor edi.Agar Yaponiyaning 21 modda talablari malgam oshsa, Xitoy
Yaponiyaga to’la ravishda bo’ysundirilar edi.
    AQSh Yaponiyaning  Xitoydagi harakatlarini cheklashga harakat qildi.
Shu maqsadda AQSh Xitoyga diplomatik yordam ko’rsatdi. 1915 yil mart oyida
AQSh davlat kotibi Brayan Yaponiya hukumatiga uning Xitoyga nisbatan
qo’yilgan talablarga qarshiligi haqida nota yubordi.
    Yuan Shikay hukumati yapon hukumatiga o’z javobini aytishga shoshilmas
edi.Buning sababi o’laroq Yaponiya Shandun, Manchjuriya va bir qator
joylarda o’z qo’shinlarini kuchaytirdi.
    Xitoy esa qolaversa Yaponiyaning Czyanchouni qaytarishini va kelgusi
yapon-german muzokaralarida xitoyning ham ishtirok etishini so’radi. Buning
javobi tarzida 1915 yil 7 may kuni Yaponiyaning  Xitoyga nisbatan
ultimatumi e’lon qilindi.Unga ko’ra agar Xitoy  Yaponiya  qo’ygan
talablarga rozi bo’lmasa, unda Yaponiya o’zi joiz deb bilgan istalgan
chorani qo’llashini aytdi. Ammo  Amerikaning aralashuvidan hadiksirab
Yaponiya beshinchi gurux talablaridan voz kechdi. Faqatgina Funczyan
provinciyasiga aloqador modda qoldirilgan edi.
    AQSh boshqa yirik davlatlarning aralashuvini tashkil etmoqchi bo’ldi.
Ammo na Angliya, na Rossiya Germaniyaga qarshi urush sharoitida  Yaponiya
bilan janjallashishni istamas edi. 8 may  kuni Xitoy ultimatum shartlarini
qabul qildi.
    Oradan bir necha kun o’tmasdan AQSh  Tokioga shuni habar qildiki, AQSh
hukumati Xitoy va Yaponiya o’rtasidagi shartnomani tan olmaydi va ushbu
shartnoma AQSh manfaatlariga to’gri kelmaydi, qolaversa Xitodagi hamma
millatlar haq-huquqlarini poymol etadi.Ammo AQSh  amalda Xitoyga yordam
berish uchun  hech qanday choralar qo’llamadi.
                   Birinchi jahon urushining yakunlanishi
    Rossiyada fevral inqilobi oqibatida bu davlat urushdan chiqishga majbur
bo’ldi. Buning uchun 1918 yil 3 martda  Brest-Litovsk shaxrida Germaniya
bilan tinchlik shartnomasi imzolandi.Brest-Litovskdagi shartnoma Antanta
mavqeini anchagina kuchsizlantirdi. Germaniya bundan foydalanib hal
qiluvchi zarba berishga ahd qildi.1916 yildan boshlab Germaniya Sharqiy
Yevropani o’z nazorati ostiga olgan, uning barcha boyliklari, ayniqsa, oziq-
ovqatidan foydalanish, o’zining barcha qurolli kuchlarini g’arbiy frontda
to’plashga erishgan edi.Jang deyarli 4 yildan buyon davom etar,
tomonlarning hech qaysisi  hal qiluvchi muvaffaqiyyatga erisha olmagan edi.
Front chizig’ining har ikki tomonida qazilgan handaklar Belgiya
soxillaridagi Nyu-Port shaxridan Ipr, Arras, Albert, Suasson, Reyms va
Verdengacha cho’zilgan edi.Ko’plab qurbonlar berilishi va zaharlovchi
moddalar hamda tanklar singari yangi qurol turlaridan foydalanishga
qaramay, urushayotgan tomonlarning muvaffaqqiyat qozonish uchun jon-
jaxdlari bilan qilgan harakatlari hech bir natija  bermadi.
    Germaniya qo’mondonligi jangni g’olibona ta’sirchan zarba bilan
yakunlashga qaror qildi. 1918 yil aprel oyida nemis qo’shinlari Antanta
mavqelariga kuchli hujum boshladi. Dastlab ular muvaffaqiyatli hamla qilib,
Antanta qo’shinlari mudofaasini yorib o’tdilar va Marna daryosi sohillariga
chiqdilar. Uzoqqa otadigan to’plar bilan Parijni o’qaa tutdilar. Ammo
muvaffaqiyatni mustahkamlash uchun Germaniya yetarli zaxira topa
olmadi.Mamlakat holdan toygan, armayaning harbiy ruhi cho’kkan, xalq
urushdan charchagan edi. Ayni paytda Antanta AQSh dan to’xtovsiz yordam
olib turardi. AQSh “shartnomaga qo’shilgan mamlakat” sifatida 1917 yil
aprel oyida urushga kirgan edi.Germaniya endi hujum qilishdan ojiz ekanligi
ma’lum bo’lib qolgach, Antanta mamlakatlari barcha frontlarda hujumga
o’tadilar va nemis qo’shinlari bosib olgan Belgiya va Franciya hududidan
siqib chiqara boshladilar.
    Antanta davlatlarining hujumi 1918 yil avgust oyida boshhlandi.
Germaniyaning g’arbdagi fronti yorib o’tildi va Antanta qo’shinlari uchun
Germaniya hududiga yo’l ochildi.Bolqonda, Saloniki shahri yaqinlarida
ittifoqchilarning ko’p millatli ekspediciya korpusi bolgar qo’shinlari
mudofaa chiziq’ini yorib o’tdi va oktyabrda Dunay soxillariga
chiqdi.Avstriya qo’shinlari Vitoriyo Veneto yaqinida 1918 yil sentyabrida
mag’lubiyatga uchradilar. Germaniya  boshchiligidagi To’rtlat ittifoqi
harbiy jihatdan mag’lub bo’lib, tarqalib ketdi.
    Germaniya oliy qo’mondonligi shundan keyen mag’lubiyatdan qochib
qutulolmasligini anglab yetdi. Amalda butun hokimiyatni o’z qo’lida tutgan
Germaniya bosh shtabi boshlig’i general E. Lyudendorf Germaniyaning harbiy
mag’lubiyatini tan olmagan holda faxrli tinchlik bitimini imzolash
yo’llarini qidira boshladi. Kelajakda mag’lubiyat mas’uliyati harbiylarga,
armiya va generallarga emas, balki Germaniya armiyasini saqlab qolish uchun
bu ishni hal qilishga hozir bo’lgan fuqaro shaxslar, diplomatlar va
amaldorlar zimmasiga tushishi uchun tezda sulx  tuzulishini talab qilmoqda
edi. Ammo ittifoqchilar, birinchi navbatda AQSH prezidenti Vudro Vilson
muzokaralarni faqat Germaniya demokratik hukumati vakillari bilan olib
borishlari mumkinligini aytib, kayzer Vilgelm hukumati bilan bitim tuzish
taklifini qat’iyan rad etdilar. Lyudendorf  ittifoqchilarning bu taklifini
qabul qilinishini va darhol demokratik asosda yangi hukumat tuzishni
yo’qlab chiqdi.1918 yil oktabyirida shaxzoda Maks Badenskiy  hukumati
tuzildi.U Germaniya xalqi nomidan muzokara olib borishi kerak edi.Ammo
Antanta mamlakatlari hukumatlari buni qabul qilmadi, chunki u kayzerning
avtoritar tartiboti vakili edi.
    Bu orada Antanta qo’shinlari barcha frontlarda hujumni kuchaytirdilar
va Germaniya ittifoqchilari birin-ketin taslim bo’la boshladi.
    1918 yil 4 oktyabr kuni Chexiya va Slovakiya Avstro-Vengriya tarkibidan
ajralib chiqdi hamda mustaqil Chexoslavakiya davlati tuzilganinin e’lon
qilindi.
    28 oktyabrda Serb, horvat va slovenlar qirolligi tuzilganligi e’lon
qilindi. (1918 yildan boshlab Yugoslaviya qirolligi). Shimoliy Bukovina
Ukrainaga, Galiciya Polshaga qo’shliganligini bildirdi
    31 oktyabrda Avstriya va Vengriyada monarxiyalar ag’darib tashlandi
hamda Avstriya va Vengriya  respublikalari tuzildi. Ular Antanta
mamlakatlari taklif etgan yarashuv shartlarini qabul qildilar.
    1918 yil 29 sentyabrda Bolgariya, 30 oktyabrda Turkiya, 3 noyabrda
Avstro-Vengriya  taslin bo’ldi.30 oktyabrda Turkiya imzolagan tarashuv
bitimiga ko’ra, uning qo’shinlari arab mamlakatlaridan olib chiqilishi,
turk armiyasi qurolsizlanishi, flot ingliz va francuz boshqaruvi ostiga
o’tishi lozim edi.
    1918 yil 30 sentyabr kuni Germaniya hukumati AQSh ga yarashuv bitimini
imzolash taklifi bilan murojaat qildi. Ayni paytda qo’shinlar qo’mondonligi
Mamlakat harbiy axvolini yaxshilash uchun yirik dengiz operaciyasini
boshlash haqida qaror qabulk qildi. 30 oktyabrda Germaniya harbiy eskadrasi

    1918 yil 9 noyabr kuni Germaniyada respublika e’lon qilindi.Oradan ikki
kun o’tgach, 1918 yil 11 noyabr kuni Parij yaqinidagi Kompyen o’rmonida,
Yevropadagi Antanta qo’shinlari bosh qo’mondoni francuz marshali Foshning
vagon qarorgohida Germaniya hay’ati o’z hukumati nomidan yarashuv haqidagi,
amalda Germaniyaning mag’lubiyati borasidagi bitimni imzoladi.
                                   Xulosa
    Birinchi jahon urushi mobaynida xalqaro munosabatlar asosan
urushayotgan mamlakatlar  o’rtasidagi ziddiyatlarning kuchayishi va har bir
davlatning hoh u yirik bo’lsin, hoh u kichik urush paytida vujudga kelgan
ba’zi bir qulay vaziyatlardan foydalanib qolish bilan asoslanadi.Urush
davomida va ungacha bo’lgan paytda asosan ikki blok Antanta  va Germaniya
boshchiligidagi blokning o’zlariga ittifoqchilar axtarish, urushning
borishini o’z foydalariga hal qilish uchun kurash boradi.Ammo voqealar
qanday rivojlanishidan qatiy nazar birinchi jahon urushida hech bir
urushyotgan davlat aytarli yutuqqa erishmadi.Bu urushda bevosita 36 davlat
qatnashib, ularning urushga jalb etgan inson resurslari 70 milliondan
oshdi.Qurbon bo’lganlar va yaralanganlar  soni esa 18 million kishini
tashkil etdi.



                           Foydalangan adabiyotlar
       1. “1914 yil 1 avgust”, Yakovlev N. N.,Moskva, Fargus.
       2. “Yangi va eng yangi tarix”, Popov E. I., Moskva.
       3. Yevropa tarixi,Koll. avtorov.,M.,1986-1996
       4. Eng yangi tarix XX asr, Kreder A.A, M., 1996
       5. Jahon tarixi-eng yangi davr, 1 qism, G.A. Hidoyatov , T.,2000
-----------------------
[1] “Mejdunarodniyi otniosheniya…”,seriya iii, t.VI, ch. 11,25 b.